22-dekabr — Energetiklar kuni munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iste’molchilarga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari munosib taqdirlandi. Ular halol va samarali mehnati, yuksak mas’uliyati hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan jamoa orasida alohida e’tibor qozonib, murakkab ob-havo sharoitlarida, kechayu kunduz xizmat vazifasini sidqidildan ado etib, tizim barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari barchaga ibrat bo‘lib kelmoqda. Bugun fidoyi xodimlarning ko‘p yillik mehnati alohida e’tirof etilib, ularga “Energetika faxriysi” ko’krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor va rag‘bat, shubhasiz, xodimlarning kelgusidagi faoliyatiga yanada katta mas’uliyat va ilhom bag‘ishladi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 30-oktabr kunidan 10-noyabr kuniga qadar Botir Zaripov (https://t.me/BotirZaripov), Buxoro viloyati hokimligi (https://t.me/buxorouz_official), hamda Buxororisharif.uz (https://t.me/buxoroisharifuz) Telegram-kanallari foydalanuvchilari o‘rtasida Buxoro viloyatidagi boshqarmalar, korxona va tashkilotlardagi ishchanlik muhiti, xizmat ko‘rsatish darajasi, ayniqsa ularda faoliyat olib borayotgan rahbarlarning xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmasi, o‘z tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilishda jonbozlik ko‘rsatishi, aholini rozi qilish darajasini o‘rganish uchun kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida so‘rovnoma o‘tkazilgandi.
📝 Obunachilar ovozlarini hisoblab chiqish, tekshirish va ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichi yakuniga yetdi. So‘rovnomada ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlar soni 10K+ ni tashkil etdi.
So‘rovnomaning natijalariga ko‘ra, jami ovozlar yig‘indisi 6 266 taga yetdi. Antibot sistemasi va statistikani qayta ko‘rib chiqish hamda nofaol hisob ma’lumotlarini chiqarib tashlash orqali yuqoridagi ovozlar haqiqiy deb topildi.
⚠️ Bunda ovozlar sonini “nakrutka” qilishga urinishlar sababli, soxta ovoz to‘plagan nomzodlar natijasi o‘zgartirildi.
⚡️ Shuningdek, yakuniy natijalar e’lon qilingunga qadar yuqoridagi Telegram-kanallardan (yoki ulardan biridan) chiqib ketgan foydalanuvchilar ovozlari ham mos ravishda chegirib tashlandi va quyidagicha reyting ko‘rsatkichlari kelib chiqdi:
1️⃣ Bahodir Hayotov (“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ) – 3034 ovoz;
3️⃣ Anvar Karayev (“Buxoroenergomarkaz” AJ) – 364 ovoz;
4️⃣ Sohibjon Jumayev (Buxoro viloyati UJKXKB) – 187 ovoz;
5️⃣ Ulug‘bek Narzullayev (“Buxoro viloyati issiqlik manbai” MChJ) – 53 ovoz
6️⃣ Shohruh Sadillayev (“Buxoro suv ta‘minoti” AJ) – 37 ovoz.
O‘z fikrlarini bildirib, ovoz bergan barcha foydalanuvchilarga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu e’tirof va bildirilgan munosabat kelgusida barcha rahbarlar uchun yanada shijoat bilan ishlab, xalq xizmatida bo‘lish uchun turtki vazifasini o‘tashi shubhasiz.
🔹Ma’lumot uchun: So‘rovnoma bosqichma-bosqich barcha soha va yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda eng ko‘p e’tirof etilib ovoz to‘plagan boshqarma/tashkilot keyingi so‘rovnomalarda qatnashish uchun yo‘naltiriladi.
Qorli-qirovli kunlar, yomg‘irli tunlar yoki jazirama issiq bo‘lishidan qat’i nazar, elektr ta’minoti sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqdalar. Noqulay ob-havo sharoitlarida ham tarmoqlarni nazorat qilish, nosozliklarni bartaraf etish va avariyaviy holatlarga tezkor choralar ko‘rish ularning kundalik vazifasiga aylangan.
Har bir chiroq yonishi, har bir xonadonda yorug‘lik bo‘lishi ortida mutaxassislarning mashaqqatli mehnati, mas’uliyati va kasbiga bo‘lgan sadoqati mujassam. Kecha-kunduz, dam olish kunlarisiz olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida iste’molchilar barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Elektr ta’minoti xodimlarining fidoyiligi va mas’uliyatli mehnati aholi farovonligi, ishlab chiqarish barqarorligi va yurt taraqqiyotining muhim kafolatidir.
Buxoro viloyatidagi boshqarmalar, korxona va tashkilotlardagi ishchanlik muhiti, xizmat ko‘rsatish darajasi, ayniqsa ularda faoliyat olib borayotgan rahbarlarning xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmasi, o‘z tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilishda jonbozlik ko‘rsatishi, aholini rozi qilish darajasini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
❓Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida qaysi tashkilot rahbarini eng yaxshi va faol deb hisoblaysiz?
❓U rahbarlik qilayotgan tashkilot “Eng namunali kommunal tashkilot” nomiga munosibmi?
✅ Buni Siz aniqlab berasiz!
🔹Ma’lumot uchun: So‘rovnoma bosqichma-bosqich barcha soha va yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda eng ko‘p e’tirof etilib ovoz to‘plagan boshqarma/tashkilot keyingi so‘rovnomalarda qatnashish uchun yo‘naltiriladi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 21-dekabriga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ jamoasi barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bilan samiymiy muborakbod etadi.
Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Avval xabar berganimizdek, hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf qilish borasidagi reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati Shofirkon tumani «Pashmon» MFY hududlari o’rganilganda Regishoyi qishlog’idagi 144-xonadon ko’zdan kechirildi va elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulanish holati mavjudligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi ASKUE muhandis xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo’yicha dalolatnoma tuzildi hamda elektr ta’minoti korxonasiga 85,7 mln so’mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Xonadonlarni sifatli va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, shaharning «Sheyxon» hamda «Mahmud Tarobiy» MFYdagi ko’chalarda 20 ta mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib, 1200 metr uzunlikdagi elektr uzqtish tarmoqlari yangilandi. Bu kabi ishlar sovuq kunlarda aholini barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Hududlarda elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar bo‘yicha belgilangan tartibda undirish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Xususan, Romitan tumanida Energosavdo bo’limi va Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo’limi bilan hamkorlikda to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilardan ijro hujjatlari asosida, qonunchilikka muvofiq to’lovlarni undirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Romitan tumanida joylashgan «Varaxsho uzum export» MCHJning elektr energiyasidan bo’lgan qarzdorlikni qoplash maqsadida jamiyatga tegishli bo’lgan mulklar xatlab olindi.
Bu jarayon elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
📌1-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mutasaddilarning qishga tayyorlik yuzasidan hisobotlari tinglanib, qish mavsumida energiya resurslari aholiga uzluksiz yetkazib berilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholiga zarur energiya resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan joyida tanishish maqsadida energota’minot korxonalarida tungi o‘rganishlar olib bordi.
Viloyat rahbari dastlab “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.
Jamiyatning “Tezkor dispetcherlik xizmati” faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va hal etish, xususan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.