"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Navbatdagi ko’rgazmali seminar Vobkent tumanida bo’lib o’tdi. Unda tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo’yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Yangilanayotgan tarmoqlar — barqaror kelajak sari qadam!

Bugun elektr ta’minotini mustahkamlash borasida muhim yangilanish ishlari amalga oshirilmoqda. Mustahkam tayanchlar o‘rnatilib, zamonaviy elektr uzatish tarmoqlari qurilmoqda. Har bir qad rostlayotgan yangi tayanch — ishonchli quvvat manbai, har bir yangilangan tarmoq esa — yorug‘lik va farovonlik sari tashlangan qadamdir. Xususan, G’ijduvon tumanining “Qo’rg’on” MFY Shokirobod qishlog’ida qurilish va montaj ishlari avjida. Hududga maxsus texnikalar yordamida 33 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib, 1 400 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellarini tortilmoqda. Shuningdek, quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti yangilanib, shahar tipidagi 400 kVAli transformator punkti o’rnatilmoqda.
Bu esa nafaqat elektr ta’minotining sifatini oshiradi, balki mahalladagi 300ga yaqin xonadonga elektr energiyasini barqaror, uzluksiz, xavfsiz va samarali yetib borishni ta’minlaydi.

Jarayon

⚡️ Belgilangan yillik reja grafigi asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Olot” 35/6 kV podstansiyasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari olib borildi.
✅ Shuningdek, ushbu podstansiyadagi 35 kVli moyli o’chirgich mukammal ta’mirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari o’tkazildi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda xodimlarining harakatlanish shayligi baholash uchun navbatdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazildi. Tadbirda har bir xodim o’z xizmat vazifasini bajarishi chog’ida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga qat’iyan amal qilishi, ishni xavfsiz bajarishi zarurligi alohida takidlandi. Shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlar sodir bo’lganda ob’ekt barqarorligini oshirish bo’yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilib, xodimlarga batafsil tushunchalar berildi.

Buxorolik energetiklar Xiva shahridagi an’anaviy “Qovun sayli” festivalida ishtirok etmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 8–9–10-avgust kunlari qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur an’anaviy tadbirda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi A.Askarov tashabbusi bilan tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Ayni vaqtda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari Xorazm viloyatiga yetib kelishdi. Festival doirasida xodimlar Xiva shahrining betakror va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurgan holda madaniy-ma’naviy xordiq chiqarmoqdalar.

Elektr energiyasini tejab, undan oqilona foydalanishda siz har doim ham e’tibor qilavermaydigan samarali usullar

Elektr energiyasini tejab, undan oqilona foydalanishda siz har doim ham e’tibor qilavermaydigan samarali usullar. Yoki “elektrik”ning qiziga uylansang…

📱 Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | 📱 Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI) | 📱 Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/) | 📱 X (https://twitter.com/HET_AJ) | 📱 het.uz (https://het.uz/oz)

Vobkentda qaror ijrosi ta’minlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan Buxoro viloyatida 55 ta mahallaning infratuzilmasi shu jumladan, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimizning Vobkent tumanidagi “Xayrobod”, “Teraklik”, “Rozmoz” va “Chorbog’kent” mahalla fuqarolar yig’inida modernizasiya va yangilash ishlari amalga oshrilib, 1164 dona mustahkam temir-beton tayanchlari rostlandi. Shuningdek, 62 000 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi va 8 dona kuvvati 250 kVA bo’lgan yangi transformator punktlari o’rnatildi.

EHTIYOJMAND OILALARGA MAY-IYUN OYLARIDA JAMI 7,4 MLRD SO‘M KOMPENSATSIYA PULLARI TO‘LAB BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha esa 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun yuqori tarif bilan oddiy tarif o‘rtasidagi farqni kompensasiya qilib berish yuzasidan 1,6 milliondan ortiq oiladan arizalar qabul qilindi (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/4780).

Shundan, 843 ming nafari reyestrlarga kiritilgan va 758 ming nafari reyestrlardan tashqari oilalar tashkil etadi.

Bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan ehtiyojmand oilalarga may-iyun oylarida jami 7,4 mlrd so‘m, shundan, may oyi uchun 159,5 ming oilaga 3,2 mlrd so‘m hamda iyun oyi uchun esa 223,6 ming oilaga 4,2 mlrd so‘m kompensasiya pullari to‘lab berildi.

Barcha kompensatsiya pullari fuqarolarning bank plastik kartochkalariga to‘liq o‘tkazib berilgan.

Ma’lumot uchun: Iyul oyi uchun kompensatsiya pullari avgust oyida to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.

Kompensatsiya olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

📱 Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | 📱 Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI) | 📱 Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/) | 📱 X (https://twitter.com/HET_AJ) | 📱 het.uz (https://het.uz/oz)

Reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

G’ijduvon tumani elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz va me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-330 sonli qaroriga binoan qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, reja asosida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “ATK” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.