Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat soati” tashkil etildi.





“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Buxoro davlat texnika universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi Professori, “Falsafa fanlari” doktori Yunusova Gulandon Samiyevna ishtirokida ikki buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Mazkur tadbirda buyuk bobokalonlarimizning boy ijodiy merosi, ularning o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkur taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Navoiy va Bobur qoldirgan asarlarning bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati, ularning asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, vatanparvarlik va yuksak axloqiy g‘oyalar haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida g‘azalxonlik tashkil etilib, g‘azallar ifodali tarzda o‘qildi. G‘azalxonlik tadbirga o‘zgacha ruh, badiiy zavq va ma’naviy ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Tadbirda faollik ko’rsatib, ifodali g’azal o’qiganlarga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

