“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.






Buxoro viloyati aholisi ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni kuz – qish mavsumida uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan belgilangan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Xususan, joriy yilda 830 dona transformator punktlari va 2 981 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, mazkur yo’nalishdagi ishlar to’liq yakuniga yetkazildi.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan ishlar mavsumni batalofat o’tkazish hamda elektr energiyasi ta’minotidagi yo’qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati