EHTIYOJMAND OILALARGA MAY-IYUN OYLARIDA JAMI 7,4 MLRD SO‘M KOMPENSATSIYA PULLARI TO‘LAB BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha esa 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun yuqori tarif bilan oddiy tarif o‘rtasidagi farqni kompensasiya qilib berish yuzasidan 1,6 milliondan ortiq oiladan arizalar qabul qilindi (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/4780).
Shundan, 843 ming nafari reyestrlarga kiritilgan va 758 ming nafari reyestrlardan tashqari oilalar tashkil etadi.
Bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan ehtiyojmand oilalarga may-iyun oylarida jami 7,4 mlrd so‘m, shundan, may oyi uchun 159,5 ming oilaga 3,2 mlrd so‘m hamda iyun oyi uchun esa 223,6 ming oilaga 4,2 mlrd so‘m kompensasiya pullari to‘lab berildi.
Barcha kompensatsiya pullari fuqarolarning bank plastik kartochkalariga to‘liq o‘tkazib berilgan.
Ma’lumot uchun: Iyul oyi uchun kompensatsiya pullari avgust oyida to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.
Kompensatsiya olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
📱 Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | 📱 Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI) | 📱 Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/) | 📱 X (https://twitter.com/HET_AJ) | 📱 het.uz (https://het.uz/oz)