Qorovulbozorda transformator punktlar va elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash uchun yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bosqichma–bosqich ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining olis Qorovulbozor tumanida ham mazkur yo’nalishdagi ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda.
Tuman elektr ta’minoti korxonasining xodimlari bugungi kunga qadar 18 dona transformator punktlari va 49 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’ida mukammal ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazdi. Shuningdek, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlarini bajarildi.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashbilan bir qatorda tarmoqdagi texnologik yo’qotishlarni kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati