Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

🌧Viloyatimizda kuzatilyotgan noqulay ob-havo (yog’ingarchilik) oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sodir bo’lmoqda.
👷♂”Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 24 soatlik navbatchilik asosida barcha tezkor chiqish brigadalar va maxsus texnika vositalari shay xolatga keltirilgan bo’lib, yuzaga kelgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan.
☎️ Istalgan vaqtda Call markazining 1154 qisqa raqamiga murojaatlaringizni yo’llashingiz mumkin.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ