Xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.



“Buxoro HETK” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati xizmati mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasizlik tuyg’usini shakllantirish, o’z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi ta’kidlandi.