HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASIGA NOQONUNIY ULANISH HOLATLARI BO’YICHA REYD TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorati xizmati hamda mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tadbirda Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan “K.D.A” MCHJga qarashli klinika, elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, tijorat maqsadida tarmoqqa o’zboshimchalik bilan ulanib, 558 mln so’mlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda mazkur holat bo’yicha to’plangan hujjatlar MCHJ mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Viloyatimiz bo’ylab kuchaytirilgan qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.