Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash borasida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida elektr energiyasiga o’zboshimchalik bilan ulanish holatlarini o’rganish va hisoblagichdan tashqari ulangan uskunalar mavjudligini aniqlash maqsadida joylarda reyd tadbirlari o’tkazilmoqda. Unda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilar aniqlanib, qonuniy choralar ko’rilmoqda.

Jumladan, reyd tadbirlari davomida Jondor tumani “Denov” MFY Hafrabot qishlog’idagi xonadonlar o’rganilganda, elektr energiyasidan, hisoblagichdan tashqari foydalanib kelayotgan xonadon aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob kitob qilinib, belgilangan tartibda chora koʻrish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Viloyatimiz bo’ylab kuchaytirilgan qo’shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati