Murojaatlar o’z yechimini topmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolar bo’yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Qilingan murojaatlar o’z vaqtida joyiga chiqib o’rganilmoqda va amalga oshirilishi lozim bo’lgan qurilish, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Natijada elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanmoqda.

Jumladan, Kogon tumanining “Mustaqillik” MFY hududidagi Qizilgul qishlog’i aholisining qilgan murojaatlari ijobiy hal qilinmoqda. Hudud aholisining elektr ta’minotini yaxshilash uchun 22 dona mustahkam temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi. Ayni damda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati