Yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirilmoqda
So’ngi yillarda aholi, tadbirkorlik korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun sohaga yangilanishlar keng tadbiq qilinmoqda. Buning natijasida joylardagi muammolar bosqichma bosqich o’zining ijobiy yechimini topmoqda. Albatta, bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimiz iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xusussan, hududlarda podstansiyalarning quvvatlari oshirilib, yangi kuch transformatorlari o’rnatilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrida ko’plab sanoat korxonalari va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Strelkov” 110/10 kV podstansiyasida 2 dona quvvati 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatorlari o’rnatildi. Ilgari ushbu podstansiyaning umumiy quvvati 45 000 kVAni tashkil qilgan bo’lsa, endilikda 126 000 kVAga yetdi. Shuningdek, Peshko’ tumanidagi “Afshona” 110/35/10 kV podstansiyasidagi 10 000 kVAli transformator o’rniga 25 000 kVAli, Buxoro shahridagi “Moxixossa” 35/10 kV podstansiyasidagi 2 dona 6300 kVAli transformatorlar o’rniga 2 dona 10 000 kVA quvvatdagi kuch transformatorlari o’rnatildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni yanada sifatli, me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamda tarmoqlardagi yo’qotishlarni sezilarli darajada kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi
Ta’kidlash joizki, har qanday ob – havo sharoitida, kezi kelganda tungi vaqtlarda ham mashaqqatli vazifalar soha mutaxassislarining bir maqsad yo’lida birlashishlari natijasida belgilangan muddatlarda uddalanmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati