Quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni yashil energiya manbalari, xususan, quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan hamda unga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

Bu borada hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM ENERGETIKLAR XALQ XIZMATIDA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.

Jarayondan fotolavhalar

Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarda kuzatilayotgan avariyali uzilishlarni bartaraf qilish uchun barcha hududlarda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan holda ish jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, bosqichma bosqich qayta tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

⚡️ Jondor tumani aholisi va tadbirkorlarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

🎥 Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tiborda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Olot tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini Balxibobo qishlog’i aholisining eskirgan simyog’ochlarni yangilash borasida qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 5 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Masullar tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga imkon berayotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish barcha sohalardagi dolzarb vazifa ekanligini bo’yicha jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Bu_muhim

☎️⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari mavsumni betalofat o’tkazish, istemolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha zaruriy choralar ko’rilgan. Eslatib o’tamiz, qo’ngiroqlarni qabul qilish uchun call markazi faoliyati tashkil qilingan bo’lib, 24/7 rejimida, tun-u kun ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, har bir tuman elektr ta’minoti korxonalarining dispetcherlik xizmatlarida qo’shimcha 3 donadan, ishonch telefon raqamlari ishga tushirilgan. Kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun qo’shimcha ta’mirlash brigadalari shakllantirilib, barcha maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

1️⃣1️⃣5️⃣4️⃣ CALL MARKAZI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ