ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
#FOTOREPORTAJ
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jarayonda iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlar bevosita joyiga chiqib o‘rganilib, ta’minotdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Eskirgan simyog‘ochlar yangilanmoqda, transformator punktlarining quvvati oshirilib, qo‘shimcha transformatorlari o‘rnatilmoqda.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan uch choragida virtual qabulxona va o‘tkazilgan sayyor qabullar orqali hamda yozma ravishda 3601 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2200 tasi ijobiy hal qilingan, 1284 murojaat egalariga tushuntirishlar berilgan, 117 murojaat o‘rganish jarayonida.
https://uza.uz/posts/671943