“E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha o‘quv seminari o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda energiya sotish masalalari bo‘yicha yangi tuzilayotgan dalolatnomalarni hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, elektron shakllantirishning, “E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha “HET” AJ Axborot ta’minoti va innovatsion rivojlanish boshqarmasi  mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o’tkazildi. Seminarda “E-Dalolatnoma” tizimining joriy holatdagi shakli, ushbu tizimni joylarda joriy etish bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimning avzalliklari, uning imkoniyatlari va uni ishlatish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Yakunda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi o‘quv seminari qatnashchilarining savollariga javob berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan