Quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ahamiyatli tomoni yashil energiya manbalari, xususan, quyosh panellarini o’rnatib, undan samarali foydalanayotgan hamda unga qiziqish bildirayotgan fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

Bu borada hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati