Day: 16.12.2024
HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM ENERGETIKLAR XALQ XIZMATIDA
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.
Jarayondan fotolavhalar
Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarda kuzatilayotgan avariyali uzilishlarni bartaraf qilish uchun barcha hududlarda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan holda ish jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, bosqichma bosqich qayta tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati