Har bir murojaat e’tiborda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Olot tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini Balxibobo qishlog’i aholisining eskirgan simyog’ochlarni yangilash borasida qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 5 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati