KORRUPSION HOLATLARNI OLDINI OLISH MUHIM VAZIFA

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda 9 – dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” hamda Aksilkorrupsiya oyligi munosabati bilan korxonalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish, xodimlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, odob axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bagishlab kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Buxoro viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i B.Xudoyberdiyev, jamiyat rahbariyati, bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari, jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, boshliq o’rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbirda energiya resurslari iqtisodiyot va butun jamiyatning ertangi taqdiri bilan bog’liq o’ta jiddiy masala ekanligi, energiya resurslari tobora kamayib, qimmatlashib borayotganligi, hozirgi vaqtda resurslardan oqilona va samarali foydalanish favqulotda muhim ahamiyat kasb etganligiga alohida to’xtalib o’tilda va umumxalq boyligiga xiyoyat qilishga hech kimning haqqi yo’qligi, korrupsion holatlarni aslo kechirib bo’lmasligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligiga qaramasdan bugungi kunda ham energiya resurslarini talon-taroj qilish holatlari uchrayotganligi misollar bilan keltirildi va bu achinarli holat ekanligi, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, uni kelib chiqishini barvaqt oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirish lozimligi aytildi.

Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish zarurligi ta’kidlandi va barcha xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati