Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari To`xtayev Saidmurod Saidmaxmutovich sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari, jamoa xodimlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Muloqot davomida har bir xodimning murojaatlari tinglandi va chuqur tahlil qilgan holda o‘rganildi. Ayrim muammolar belgilangan tartibda o‘z joyida hal etilib, murojaatchilarning talabi qondirildi.
Ochiqlik va shaffoflik tarzida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.