Energetika_xavfsizligi_oyi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi

Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan joriy yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi (hududiy shtablar) faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi;

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish hamda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan kundalik nazorat joriy etildi;

Turar joylar va tadbirkorlik subyektlarida o‘g‘rilikni o‘z vaqtida fosh etishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyoti tadbiq etiladi;

Yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-tarojligini sodir etgan aybdorlarga nisbatan jazoni muqarrarligi ta’minlanadi.

Hurmatli Iste‘molchilar!

Unitmang, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻriladi!

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi…

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.