Energetika_xavfsizligi_oyi
Kogon shahar “Arabxona” MFY hududidagi Xalqlar do’stligi ko’chasi aholisini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan shahar tipidagi, quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Shuningdek, Kogon tumani “Mustaqillik” MFY Qizilgul qishlog’ida aholi tomonidan o’rnatilgan qo’lbola tayanchlarni yangisiga almashtirish, hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati