Energetika_xavfsizligi_oyi
Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarilib, bugungi kunda aholini yashash sharoiti yaxshilashga va turmushi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon shahri “Arabxona” MFY hududidagi Xalqlar do’stligi ko’chasiga qo’shimcha, shahar tipidagi, quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Shuningdek, manan eskirgan simyogo’chlar yangilanib, 45 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatildi va 2200 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi. Natijasida hududagi 2250ta xonadon elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati