Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik

Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik davomida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahridagi 705ta transformator punktlari birma – bir ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Ta’mirlash brigadalarining mutaxassis xodimlari elektr qurilmalarning sozligini tekshirish, ulanish nuqtalarini mustahkamlash, transformatorning moy sathini me’yor darajasiga keltirish, estetik holatini yaxshilash va bo’yoqlash ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, korxona hisobidagi quvvati 400 kVA bo’lgan, № 790 – sonli, shahar tipidagi transformator punktining holati o’rganilib, joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Til bu – millat ko’zgusi

Albatta, til bu – millat ko’zgusi. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o’zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan. So’ngi yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli, tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xo’sh, bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda qanday ishlar olib borilmoqda? Korxonada ish yuritish, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilinganmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida bugun «HET» AJ raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha maslahatchisi D.Habibova boshchiligidagi Tashkiliy qo‘mita a’zolari Buxoroda bo’lishdi. O’rganishlar davomida davlat tilida ish yuritish, xodimlarning til bo‘yicha bilimlarini oshirib borish va filialda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, tuzatishlar kiritish uchun muddatlar belgilandi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi bilan “Davlat tili to’g’risida” gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida o’tkazilayotgan tanlov natijalari bo’yicha hisobotlar tinglandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Jondor tumanidagi “Luqmon” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

⚡️Noqulay ob havo sharoitida ham vazifani uddalayotgan energetiklar

Buxoro viloyati aholisi, ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlarni har bir mavsumda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ustuvor vazifasi sanaladi. Ayni shu vazifadan kelib chiqib, ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida hududlar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi. Joriy yilda ham bu borada bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvatlari bir necha barobarga oshirilmoqda. Bugun anashunday yangilanishlardan biri Shofirkon tumanidagi “Yaxshi Norovich” 110/35/10 kV podstansiyasida bajarilmoqda. Bu yerdagi quvvati 10 000 kVA bo’lgan kuch transformatori 25 000 kVAlisiga almashtirilmoqda.

⚡️ Podstansiyadagi quvvatning oshishi shofirkonliklar elektr energiyasi ta’minotining yanada yaxshilanishiga, ularning turmush farovonlinigini oshishiga xizmat qiladi

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari haqida

🎙 “Buxoro” radiosining “32-studiya” eshittirishi orqali kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari haqida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi Zohir Rustamov ma’lumot berildi.

MA’LUMOTNI ESHITISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya samaradorligini ta’minlash choralari ko’rilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Jondor” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Korrupsiya haqida xabar bering!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalri faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.