“HET BILLING” dasturiy kompleksiga ulanishda hamda  Android va IOS orqali ilovani yuklab olishda muammoga duch kelyapsizmi?

“HET BILLING” dasturiy kompleksiga ulanishda hamda  Android va IOS orqali ilovani yuklab olishda muammoga duch kelyapsizmi?

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasini avtomatlashirish markazi” filiali direktor o‘rinbosari Diyorbek Nishonov “Millar” dasturi orqali bu borada batafsil tushuntirish berdi.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Avval xabar berilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan Jamiyatning rasmiy sayti (het.uz)dagi takomillashtirilgan “Shaxsiy kabinet”ga kirish va ro‘yxatdan o‘tish xususida videoqo‘llanma tayyorlanib, e’tiboringizga havola etilgan edi.

Kuni kecha iste’molchilarga yanada qulaylik eratish maqsadida “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida Jamiyatning mobil ilovasi ham ishga tushirildi.

So‘nggi kunlarda ko‘pchilik iste’molchilarda “Shaxsiy kabinet” hamda mobil ilovaga kirishda qiyinichliklar bo‘layotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.  Shu sababli tizimdan foydalanuvchilar e’tibor berishi lozim bo‘lgan ba’zi ko‘rstmalarni eslatib o‘tamiz.

Xususan, kabinet va ilovadan foydalanishda parol va login orqali kirayotgan iste’molchining telefon raqami, billing tizimida fuqaroning shaxsiy hisob raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.

One ID orqali foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar Yagona identifikatsiya tizimi ma’lumotlari billing tizimi ma’lumotlari bilan aynan bir xil bo‘lishiga e’tibor berishlari lozim. Aks holda, tizimga kirishda cheklanishlar yuzaga keladi.

Eslatma:

“Shaxsga doir ma’lumotlar tо‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, iste’molchilar telefon raqamini billing tizimida hisob raqami orqali rо‘yxatdan о‘tkazish yoki almashtirish uchun shaxsan о‘zlari tuman elektr ta’minoti korxonasiga kelishlari talab etiladi.

Barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “XZK” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati