Hududlardagi transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlardagi transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahridagi 203 va 209 sonli transformator punktrlari mukammal ta’mirlandi.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi shuningdek, elektr energiyasi ta’minotida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
Bu kabi jarayonlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati