“Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204 sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni qabul qilingan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204 sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar davom etmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hududlardagi transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlardagi transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahridagi 203 va 209 sonli transformator punktrlari mukammal ta’mirlandi.

Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi shuningdek, elektr energiyasi ta’minotida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Bu kabi jarayonlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati