“Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” doirasida korxona Kasaba uyushmalari qo’mitasi va Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Milliy qadriyatlarimiz – millat ko‘zgusidir” shiori ostida “Xon-atlas 2024” festivali bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga milliylikni asrash, o’zbekona kiyinish madaniyati, xon atlas va adrasning kelib chiqish tarixi hamda shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jamiyat xotin-qizlari tadbirga ko’tarinki kayfiyatda faol ishtirok etishdi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati