Buxoro viloyatida kuchli shamol natijasida 2 ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.
Kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Gazli-1”, “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik tо‘liq bartaraf etildi va ishga tushirildi.
Avariya tiklash ishlarini bartaraf etish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 57 ta xodim, 7 ta brigada va 12 mashina-mexanizmlar jalb etilib, 24 soatlik tiklash ishlari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi iste’molchilar zaxiradagi 110 kV kuchlanishli “Uchqir – Gazli” tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgan edi.
👉👉👉 @buxenergo