Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.