Podstansiyalar quvvati oshirilmoqda
Vobkent tumani aholisi va tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi ta’minlash maqsadida tumandagi podstansiyalarda modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan “Vobkent” 110/35/10 kV podstansiyasida quvvati 16 000 kVA bo’lgan transformator 25 000 kVAli kuch transformatoriga almashtirilmoqda. Shuningdek, “Kulolchi” 110/10 kV podstansiyasiga qo’shimcha 10 000 kVA quvvatga ega bo’lgan kuch transformatori, taqsimlash qurilmalari, zamonaviy vakumli hamda elegaziviy o’chirgichlar o’rnatilmoqda.
Takidlash joizki, podstansiyalar quvvatining oshirilishi barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan taminlashga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati