Qayta tiklanuvchi energiya

Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida kuzatilayotgan energiya taqchilligiga barham berish, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay shart-sharoit va rag’batlantirish mexanizmlarini joriy qilish, maqsadida O’zbekiston respublikasi Prezidentining joriy yil 16 fevralda “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №57 sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ’ib qilish hamda tushuntirish maqsadida Buxoro shahrida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Ishtirokchilarga tegishli soha vakillari qatorida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh muhandisi tomonidan qaror bo’yicha tushuntirish hamda muqobil energiya manbalari, ularning turlari haqida ma’lumot berildi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati