Umumxalq xayriya hashari bugun barchamizni birdamlik va ahillikka birlashtirdi.
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol qatnashdilar.
Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekish, daraxtlar ostini yumshatish, oqlash va shakl berish ishlarini hamjihatlikda olib bordilar.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati