Yangidan qurish va montaj ishlari ham olib borilmoqda.
Tashqarida sovuq havo hukmronligiga qaramay elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish ishlari bilan bir qatorda yangidan qurish va montaj ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, Gijduvon tuman “Havzak” MFY Yuqori havzak qishlog’idagi iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo’shimcha ravishda 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatildi va 400 metr uzinlikdagi havo elektr uzatish tarmog’i tortildi. Bugun jarayonga bevosita guvoh bo’lgan qishloq aholisi va MFY raisi nafaqat shunday sovuq kunlarda, balki har qanday noqulay ob-havo sharoitlarida xalqimiz farovonligi uchun aholi xonadoniga yorug’lik va iliqlik ulashish yo’lida mehnat qilayotgan soha xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati