“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida 24 soatlik ish rejimida qo’shimcha navbatchiliklar tashkil qilingan.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida 24 soatlik ish rejimida qo’shimcha navbatchiliklar tashkil qilingan. Elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari va boshliq o’rinbosarlari tomonidan hududlarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan elektr energiyasi ta’minotidagi avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Istiqlol” telekanalining “Hudud yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

VIDEOLAVHANI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi.

2022 yil 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.

“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Muzokaralar o‘tkaziladi.

▶️@minenergy_uz