Hurmatli iste’molchilar!

Umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, respublikamizning yagona elektr tarmog’iga quvvat uzatish boshlandi.

Shuni ham aytib o’tishimiz kerakki, yuzaga kelgan nozosliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o’z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.

Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikamizning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko’rilmoqda.

Hurmatli Vatandoshlar! Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va hozirgi sharoitdan kelib chiqib sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so’raymiz.

Bu sa’y-harakatlar ko’proq iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yordam beradi.

Vaziyatni to’g’ri baholab bizni qo’llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati

NOQULAY OB-HAVO ENЕRGЕTIKLARGA TO‘SIQ BO‘LMAYDI

Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bо‘roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan tunu-kun olib borilgan ta’mirlash-tiklash ishlari natijasida noqulay ob-havo sharoitida talafot yetgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanmoqda.

Tarmoqlarda sodir bо‘ladigan avariyaviy о‘chishlarni tezkor bartaraf etish maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan hududlarda jami 481 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari hamda ularga 483 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinalari va maxsus texnikalar safarbar etildi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga keldimi?

Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, vujudga kelgan muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish, Buxoro viloyati aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida tunu-kun rahbar xodimlar boshchiligidagi navbatchiliklar tashkil qilingan bo’lib, ta’minotda yuzaga kelayotgan uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni o’z vaqtida aniqlab, tezkorlik bilan ta’mirlash, tiklash ishlarini bajarish uchun barcha turdagi maxsus texnikalar, kuch va vositalar shay holatga keltirilgan.

Keltirilgan telefon raqamlar hamda Call markazning 1154 qisqa raqami 24 soat sizning xizmatingizda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati