Maqsad sari harakatlar davom ettirilmoqda
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxona balansida bo‘lgan transformator punktlarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari navbatma-navbat olib borilmoqda. Shahrimiz aholisini me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari qo‘lni qo‘lga berib, birlashgan holda zimmalaridagi vazifalarni ado etib kelmoqdalar. Ushbu yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Sababi belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish bilan bir qatorda transformator punktlarining tom qismini profnastil qoplamasi bilan qoplash ishlari olib borildi. Bu o‘z navbatida yog‘ingarchilik kunlarida transformator punktlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyali o‘chishlarni oldini olish va samarali ishlashi uchun xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.