Buxoro viloyatida “EEHO va NQAT” joriy etilmoqda
“Osiyo taraqqiyoti banki” hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro kelishilgan bitimga asosan va Janubiy Koreya Respublikasining “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi maishiy va ulgurji iste’molchilarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish ishlari (EEHO va NQAT) bosqichma-bosqich reja-jadval asosida olib borilmoqda.
Buxoro viloyatida ham elektron hisoblagichlar nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT)ni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar amalga oshirilib, zamonaviy elektron hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Almashtirilishi kerak bo‘lgan 432 481 dona hisoblagichlarning 399 211 donasi jismoniy shaxslar uchun, 33 270 donasi esa yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Hozirga qadar 399 809 donasi (92,8%) o‘rnatilishi ta’minlandi. Joriy yil yakuniga qadar hisoblagichlarni 100% o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, Qorovulbozor tumanidagi barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlari to‘liq zamonaviy elektr hisoblagichlarga almashtirildi. Vobkent, G‘ijduvon, Olot va Romitan tumanlarida 99 foizga bajarildi. Viloyatimiz bo‘yicha barcha iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini almashtirish ishlarini rejalashtirilgan muddatida tugatish bo‘yicha jamiyat tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.