«Buxoro HETK» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2018 yil yakunlariga bag‘ishlanib, 2019 yil 25 iyunda bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan har bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatining 40 foizi miqdorida dividend to‘lanadi.
Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat ustavining 7.9 bandiga asosan, dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to‘lanadi. Dividend to‘lash 2019 yilning 05 yildan boshlanib, joriy yilning 2 sentabrga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo‘yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin. Tel: +99865 225-04-53.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.