"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

 

25-14012017

        Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi nomidan aziz vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang!

       Barchani Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.

Yangi 2017 yilingiz bilan!

ny_2017

Aziz do’stlar! Biz Sizlar bilan Yangi, 2017- yilning ostonasida turibmiz! Kirib kelayotgan yangi yil hammamizga baxt, omad, quvonch va qut-baraka olib kelsin. Barchaga yangi yilda sihat-salomat, omadli bo’lishini va ko’zlagan ezgu maqsadlariga erishishlarini tilaymiz. Yaqinlashib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo’lsin!

 “Buxoro HETK” AJ jamoasi

 

Bo’sh ishchi o’rinlari (22.11.2016 yildan)

vakansii uz«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida 2016 yil 22 noyabr holatidagi bo’sh ish o’rinlar to’g’risida

M A ‘ L U M O T

  Tuman (shahar) ETK, xizmatgoh, bo’lim nomi Lavozim Soni Oylik maoshi, so’mda Talab qilinadigan mutaxassislik va ma’lumot
1. Loyiha xizmati Loyihalar bo’yicha muhandis 1 618900 bakalavr,elektroenergetika
2. Aloqa xizmati Radio vositalarga xizmat ko’rsatuvchi elektromontyor 1 393585 o’rta-maxsus, elektroenergetika
3. EUMTX (elektr uskunalarni mukammal ta’mirlash xizmati) Tarmoqlarni tarqatish elektromontyori 2 393585 o’rta-maxsus, elektroenergetika
4. G’ijduvon TETK Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori 3 472302 bakalavr, elektroenergetika
5. Romitan TETK Bosh hisobchi 1 618900 bakalavr, buxgalteriya hisobi, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 3 yil
Muhandis 1 618900 bakalavr,elektroenergetika
6. Vobkent TETK Kompleks brigada boshlig’i 1 929448 bakalavr,elektroenergetika, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil
7. Qorako’l TETK Bosh muhandis 1 883290 oliy, muhandis-elektrik, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil
8. Jondor TETK Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori 10 472302 bakalavr, elektroenergetika
Tarmoqlarni tarqatish elektromontyori 1 393585 o’rta-maxsus, elektroenergetika
Hujjatlar bo’yicha texnik 1 476160 bakalavr, elektroenergetika
9. Shofirkon TETK Kompleks brigada boshlig’i 1 929448 bakalavr,elektroenergetika, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil
Huquqshunos 1 618900 oliy, huquqshunos
Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori 2 472302 bakalavr, elektroenergetika
JAMI :   27

Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami: 225-42-64 (Xodimlar bo’limi)