"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari

2016 yilning 3 oktyabridan 14 oktyabrgacha “Buxoro HETK” AJ ning o’quv markazida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning “Koreya Telekom” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.

O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ, “Jizzax HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.

[print_gllr id=2398]

Ichki audit xizmati to'g'risida ma'lumot

“Buxoro HETK” AJ ichki audit xizmati to’g’risida
MA’LUMOT
t/r  № HETK nomi Tasdiqlangan shtat jadvali yoki ustavga muvofiq auditorlar soni Amalda auditorlar soni F I Sh HETK ichki audit xizmati ishiga qabul qilingan sana Mavjud ichki auditorlik sertifikati haqida ma’lumot
1 “Buxoro HETK” AJ 3 2 Shodiev Iskandar Mastonovich (Xizmat boshlig’i) 20 mart 2015 yil O’zbekiston auditorlar palatasi PA Uz № 000062 17 may 2013 yildan
Shirinov Sadriddin Tashevich (auditor) 21 mart 2016 yil O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi NABA Uz № 000201

"BUXORO HETK" AJ OB'EKTLARINI XARITASI

elon-uzBizlar veb-saytimizga Buxoro viloyati tumanlari kesimida «Buxoro HETK» AJ ob’ektlarining interaktiv xaritasini qo’shib qo’ydik. Ixtiyoriy tuman tanlab bosilganda, ushbu tuman elektr ta’minot korxonasi rasmi, yo’l xaritasi, ETK haqida, ya’ni ETK rahbari, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ish tartibi kabi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

www.buxelektr.uz.uz sayti moderatori

Электр энергия тарифлари (2016 йил 1 октябрдан)

Ёқилғи энергия бойликларини таннархи ошиш муносабати билан “Ўзбекэнерго” АЖ 2016 йил 1 октябрдан бошлаб электр энергиясининг нархлари ошганлигини маълум қилади.
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан тасдиқланган
2016 йил 13 сентябрдаги  19-03-22-06-ЎзР-55-2016 сонли Реестри

Гуруҳ Номи Нархи
I гуруҳ Саноат ва уларга тенглаштирилган истеъмолчилар, уланган қуввати 750 кВА ва ундан юқори.
Икки ставкали тариф:
Бир йилга 1 кВт енг юқори юклама учун тўлов. 314 700 сўм
1 кВт·соат истеъмол қилинган энергия учун тўлов 147 сўм 95 тийин
II гуруҳ Саноат ва уларга тенглаштирилган истеъмолчилар, уланган қувват 750 кВА гача.
Бир ставкали тариф: 1 кВт·соат истеъмол қилинган энергия учун тўлов  191 сўм 00 тийин
III гуруҳ Ишлаб чиқариш қишлоқ хўжалиги истеъмолчилари, шу жумладан, бюджетдан молиялаштириладиган насос станциялари 191 сўм 00 тийин
IV гуруҳ Электрлаштирилган темир йўл ва шаҳар транспорти(электр тортиш) 191 сўм 00 тийин
V гуруҳ Носаноат истеъмолчилар, бюджет ташкилотлари, шаҳар кўчаларини ёритиш 191 сўм 00 тийин
VI гуруҳ Савдо ташкилотлари, кафе, ресторанлар ва хизмат кўрсатиш соҳаси корхоналари 194 сўм 85 тийин
VII гуруҳ Аҳоли, аҳоли пунктлари. 191 сўм 00 тийин
Электр плиталар билан жиҳозланган турар жойи аҳолиси

95 сўм 50 тийин

VIII гуруҳ Иситиш, иссиқ сув билан таъминлаш ва совутиш (кондициялаш) эҳтиёжларига ишлатиладиган электр энергияси 201 сўм 50 тийин
IX гуруҳ Реклама, иллюминация 201 сўм 50 тийин
X гуруҳ Энергетика тизимининг хўжалик эҳтиёжларига 191 сўм 00 тийин

1.Ушбу тарифлар ҚҚС билан ўрнатилган.
2. Ушбу реестр кучга кириши билан 2016 йил 16 мартдаги амал қилган 19-03-22-06-ЎзР-6-2016-сонли Реестри ўз кучини йўқотади.

Elektr energiya tariflari (2016 yil 1 oktabrdan)

Yoqilg’i energiya boyliklarini tannarxi oshish munosabati bilan «O’zbekenergo» AJ   2016 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2016 yil 13 sentyabrdagi 19-03-22-06-O’zR-55-2016 sonli Reestri

Guruh Nomi Narxi
I guruh Sanoat va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori.
Ikki stavkali tarif:
bir yilga 1 kVt eng yuqori yuklama uchun to’lov 314 700 so’m
1 kVt·soat iste’mol qilingan energiya uchun to’lov 147 so’m 95 tiyin
II guruh Sanoat va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, ulangan quvvat 750 kVA gacha.
Bir stavkali tarif:1 kVt· soat iste’mol qilingan energiya uchun to’lov 191 so’m 00 tiyin
III guruh Ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi iste’molchilari, shu jumladan, byudjetdan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari 191 so’m 00 tiyin
IV guruh Elektrlashtirilgan temir yo’l va shahar transporti(elektr tortish) 191 so’m 00 tiyin
V guruh Nosanoat iste’molchilar, byudjet tashkilotlari, shahar ko’chalarini yoritish 191 so’m 00 tiyin
VI guruh Savdo tashkilotlari, kafe, restoranlar va hizmat ko’rsatishsohasi korhonalari 194 so’m 85 tiyin
VII guruh Aholi, aholi punktlari 191 so’m 00 tiyin
Elektr plitalar bilan jihozlangan turar joyi aholisi 95 so’m 50 tiyin
VIII guruh Isitish, issiq suv bilan ta’minlash va sovutish (konditsiyalash)ehtiyojlariga ishlatiladigan elektr energiyasi 201 so’m 50 tiyin
IX guruh Reklama, illyuminatsiya 201 so’m 50 tiyin
X guruh Energetika tizimining ho’jalik ehtiyojlariga 191 so’m 00 tiyin

1.Ushbu tariflar QQS bilan o’rnatilgan.
2.Ushbu reestr kuchga kirishi bilan 2016 yil 16 martdan amal qilgan 19-03-22-06-O’zR-6-2016 sonli Reestri o’z kuchini yo’qotadi.

Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!

Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!

25_year_oz“Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi” Aksiyadorlik Jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Bugun har birimiz ona Vatan mustaqilligi naqadar qadrli ekanligini chuqur his qilib turibmiz. Istiqlol nashidasi, bayram sururi har biringizni yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizda quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin.

Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borilayotgan ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!