Jamiyat "Menejment tizimi muvofiqlik sertifikati»ga ega bo'ldi
«Buxoro HETK» AJ 2016 yilning oxirida O’zDST ISO 9001:2009 (IDT ISO 9001:2008) xalqaro standart talablariga javob beradigan 0001878 raqamli «Menejment tizimi muvofiqlik sertifikati»ga ega bo’ldi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi nomidan aziz vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang!
Barchani Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.
Yangi 2017 yilingiz bilan!
Aziz do’stlar! Biz Sizlar bilan Yangi, 2017- yilning ostonasida turibmiz! Kirib kelayotgan yangi yil hammamizga baxt, omad, quvonch va qut-baraka olib kelsin. Barchaga yangi yilda sihat-salomat, omadli bo’lishini va ko’zlagan ezgu maqsadlariga erishishlarini tilaymiz. Yaqinlashib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo’lsin!
“Buxoro HETK” AJ jamoasi
Korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz) ga havola
Investorlar, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida saytimiz bosh sahifasining “Foydali havolalar” bo’limida:
Korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz)ga yangi havola joylashtirildi.
Bo’sh ishchi o’rinlari (22.11.2016 yildan)
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida 2016 yil 22 noyabr holatidagi bo’sh ish o’rinlar to’g’risida
M A ‘ L U M O T
Tuman (shahar) ETK, xizmatgoh, bo’lim nomi | Lavozim | Soni | Oylik maoshi, so’mda | Talab qilinadigan mutaxassislik va ma’lumot | |
1. | Loyiha xizmati | Loyihalar bo’yicha muhandis | 1 | 618900 | bakalavr,elektroenergetika |
2. | Aloqa xizmati | Radio vositalarga xizmat ko’rsatuvchi elektromontyor | 1 | 393585 | o’rta-maxsus, elektroenergetika |
3. | EUMTX (elektr uskunalarni mukammal ta’mirlash xizmati) | Tarmoqlarni tarqatish elektromontyori | 2 | 393585 | o’rta-maxsus, elektroenergetika |
4. | G’ijduvon TETK | Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori | 3 | 472302 | bakalavr, elektroenergetika |
5. | Romitan TETK | Bosh hisobchi | 1 | 618900 | bakalavr, buxgalteriya hisobi, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 3 yil |
Muhandis | 1 | 618900 | bakalavr,elektroenergetika | ||
6. | Vobkent TETK | Kompleks brigada boshlig’i | 1 | 929448 | bakalavr,elektroenergetika, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil |
7. | Qorako’l TETK | Bosh muhandis | 1 | 883290 | oliy, muhandis-elektrik, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil |
8. | Jondor TETK | Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori | 10 | 472302 | bakalavr, elektroenergetika |
Tarmoqlarni tarqatish elektromontyori | 1 | 393585 | o’rta-maxsus, elektroenergetika | ||
Hujjatlar bo’yicha texnik | 1 | 476160 | bakalavr, elektroenergetika | ||
9. | Shofirkon TETK | Kompleks brigada boshlig’i | 1 | 929448 | bakalavr,elektroenergetika, energetika sohasidagi mehnat staji kamida 5 yil |
Huquqshunos | 1 | 618900 | oliy, huquqshunos | ||
Iste’molchilar bilan ishlash elektromontyori | 2 | 472302 | bakalavr, elektroenergetika | ||
JAMI : | 27 |
Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami: 225-42-64 (Xodimlar bo’limi)
EHNAT (ASKUE) bo'yicha o'quv kurslari (“Samarqand HETK” AJ da).
2016 yilning 24 oktyabridan 4 noyabrgacha “Samarqand HETK” AJda “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlari xonasidagi qurilmalarni, tarmoq tizimlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.
O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.
EHNAT (ASKUE) elektr hisoblagichlarni o'rnatish bo'yicha ishlar boshlandi.
2016 yilning 17 oktyabridan boshlab EHNAT (ASKUE)ni tatbiq etish doirasida respublikada birinchilardan bo’lib Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’inida eski elektr hisoblagichlar o’rniga yangi EHNAT (ASKUE) tizimiga to’la mos, «KAIFA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari boshlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qishloq fuqarolar yig’ini elektr energiya iste’molchilarining elektr tarmoqlari xo’jaligi ham to’liq ta’mirlandi.
EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatishni boshlash jarayonida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va pudratchi tashkilot – “Koreya Telekom” vakillari qatnashdilar.
Yaqin davr mobaynida Qorovulbozor tumanida, undan keyin esa Buxoro viloyatining qolgan tumanlari elektr energiya iste’molchilarida ham EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.