"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

⚡️ Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda 🔧

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Elektr qurilmalari va tarmoqlar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar, 838 ta taransformator punktlari, 3000 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda elektr qurilmalari belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda.

⚡️ Sog’lom ish muhiti va mehnat xavfsizligi — ustuvor vazifa!

28-aprel — Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu sana munosabat bilan Kasbiy ko’nikmalar markazida Buxoro viloyatidagi 150ga yaqin korxona va tashkilotlar orasida tashkil etilgan seminarda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlari munosib ishtirok etdi. Turli xildagi nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshilar saralangan seminarda “Buxoro HETK” AJ “Korxonadagi mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati” yo’nalishi bo’yicha 3 o’rinni qo’lga kiritdi.

Tadbirda davomida mutaxassislar tomonidan ish joyidagi psixologik-ijtimoiy muhitni yaxshilash, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish va xalqaro standartlarga mos tizimni shakllantirish yuzasida takliflar ilgari surildi.

⚡️ Yana bir murojaat o’zining ijobiy yechimini topmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqib o’rganish, ularga yechim topish, elektr ta’minoti sifati va uzluksizligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jondor tumani “Romish” MFY Romish qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar bo’yicha qilgan murojaati bugun o’zining ijobiy yechini topmoqda.

Ayni kunlarda romishliklarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 36 dona mustahkam temir beton tayanchlari qurildi. Shuningdek, 1000 metrdan ortiq elektr uzatish tarmog’ini yangilash hamda qo’shimcha ravishda quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hududdagi 250dan ortiq xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Elektr energiyasidan oqilona foydalanish -davr talabi

G’ijduvon va Vobkent tumanlarida tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini vakillari ishtirokida energiya samaradorligini oshirish, energiya manbalarining har bir miqdoridan oqilona foydalanish, yashil energiyani tobora keng joriy qilishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi. Unda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan ishtirokchilarga elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo’yicha bir qator amaliy tavsiyalar berildi va iste’molchilar tasarrufida bo’lgan elektr qurilmalari, transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borilishi orqali qancha elektr energiyasini tejab qolishi mumkinligi tahlil qilindi.

Ta’kidlash joizki, energiya manbalaridan samarali va oqilona foydalanish tadbirkorlik subektlari uchun ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va korxonaning iqtisodiy imkoniyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATI FOSH ETILDI

Avval xabar berganimizdek, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbirda, Kogon tuman “Niyoz Hoji” MFY hududdida joylashgan dehqonchilik xo’jaligi vakillari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holda, o’zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelyotganligi ma’lum bo’ldi va mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 315 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Transformator punktlari mukammal ta’mirlanmoqda

Hududlarda elektr ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda eskirgan va nosoz uskunalar zamonaviy qurilmalarga almashtirilmoqda, texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, zarur profilaktik tadbirlar bajarilmoqda.

Joriy yilda Buxoro shahridagi 93 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, belgilangan grafiklar asosida 20 ga yaqin transformator punktlari to’la ta’mirdan chiqarildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldi olinib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yaxshilanmoqda.

Xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olishi uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy – joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi malaka oshirish kurslariga jamiyatning, Loyiha va smeta hujjatlarini ishlab chiqarish bo’limi muhandislari jalb qilindi. Belgilangan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy imtihonlarda ijobiy natija ko’rsatgan xodimlar maxsus sertifikatlarga ega bo’ldi.

Mazkur chora-tadbirlar korxonada ish samaradorligi ortishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ

Korrupsiyaning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik jamiyat taraqqiyoti va adolatli boshqaruvni ta’minlashda muhim omillardan biridir. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati va Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan xodimlarni ogohlikka chaqirish maqsadida suhbatlar va seminarlar tashkil etilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning huquqiy javobgarligi, jamiyatga yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Bunday tadbirlar orqali xodimlarda halollik, shaffoflik va mas’uliyat hissini kuchaytirish, har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va sog‘lom ish muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.