Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Sir emaski bunday tadbirlarning o’tkazilishi jamiyatdagi ayollar kayfiyatining ko’tarinki bo’lishi, ularning ma’naviy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tadbirlarning tez-tez tashkil etilishishi esa foydadan xoli bo’lmaydi albatta.
Musobaqa yakunida g’oliblar munosib taqdirlandi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan “1154” qisqa raqamli Call-Markazi faoliyatini texnik jihatdan yanada takomillashtirish hamda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan texnik sozlash ishlari sababli Сall-Markazi faoliyatida 2022 yil 14 sentabr soat 22:00 dan 15 sentabr soat 08:00 gacha texnik tanaffusi e’lon qilinadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCQmHfhMwOSG383fq3YL0qHw) | Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/)
#Obod_qishloq #Romitan_tumani
Romitan tumanida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.
Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahalla fuqarolar yig’ini Qahramon qishlog’ida “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida 46 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, ayni damda 3300 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar mazkur hudud elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!
Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.Xonadonlarimizni, goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
#Jarayon #Qorovulbozor_tumani
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida “Nurchi” 110/35/10 kV nimstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirilib, nimstansiyaning estetik holati yaxshilanmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati