"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

📃“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori Bahodir Hayotov ishtirokida Qorako’l tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi.
⚡️ Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan joyiga chiqib o’rganish hamda qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha “Buxoro HETK” AJ mas’ullariga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

ISHCHI GURUH TOMONIDAN TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari va “Buxoro HETK” AJning mas’ul xodimlari O’zbekiston Respublakasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga muvofiq Buxoro viloyati aholisi o’rtasida to’lov intizomiga rioya qilinishi bo’yicha hududlarda tushintirish va targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Guruh a’zolari bu gal Romitan tumanining “O’ba” hamda “Qahramon” mahalla fuqarolar yig’ini bo’ldi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari oilaviy ishlab chiqarish korxonasi va “O‘zbektelekom” AK Buxoro filialining Romitan tuman bo’limi xodimlari bilan suhbat o’tkazdi va elektr energiyasini tejashga oid o’z tavsiyalarini berdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“HET BILLING” dasturiy kompleksidan foydalanish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24 oktyabrdagi 598-sonli farmoyishiga asosan “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha Yagona integrator” MCHJ tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ ning iste’molchilar elektr energiyasini qayd etish va hisob-kitob qilish bo’yicha yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksini ishlab chiqish va joriy etish belgilangan bo’lib, bugungi kunda yangi billing dasturi test rejimida ishga tushirildi.

Kuni kecha “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksidan foydalanish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda “EESAM” direktori mutaxassislari so’zga chiqib, seminar ishtikorchilariga yangi dasturiy ta’minotning ishlash tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari to’g’risida ma’lumot berdi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Maxsus taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi

“Yangi O’zbekiston” 110/35/10 kV podstansiyasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, G’ijduvon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida G’ijduvon tuman elektr ta’minoti korxonasining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shayligi sinovdan o’tkazildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga tayyor deb baholandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tiborda

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Qorako’l tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “Ponvonlar” mahalla fuqarolar yig’ini Yetti pahlavon qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bugun o’z yechimini topmoqda. Hudud aholisining elektr energiyasi taminotini yaxshilash maqsadida manan eskirgan simyog’ochlar yangisiga almashtirilib, 7 dona mustahkam temir-beton tayanchlar tiklandi va elektr uzatish tarmog’i tortildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y harakatlar iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

ISH JARAYONI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

“Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi va soha xodimlari ogohlikka chaqirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati