"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirilganligini ma’lum qiladi.

Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.

Yangilangan tizim orqali iste’molchilar bevosita o‘zi iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratildi.

Mazkur tizimni joriy etish bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olganligi sababli, tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borildi va kutilganidan ortiq vaqt talab etganligini ma’lum qilamiz hamda yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Hududlarda qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan G’ijduvon tumani aholisi hamda tadbirkorlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati oshirilib, hududlarda qo’shimcha transformator punktlari o’rnatilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Avval xabar berilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 1 avgust kunidan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilayotgan edi.

Ayni paytda mazkur profilaktik ishlar qisman yakunlanib, iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishlari hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish imkoniyati qayta ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.

Elektr energiyasini hisoblash bо‘yicha yangi billing tizimi ishga tushirilmoqda

1 avgustdan elektr energiyasini hisoblash bо‘yicha yangi billing tizimi ishga tushirilmoqda

Yangilangan tizim iste’molchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

Endi elektr energiyasi tо‘lovlarini hisoblashda ham о‘zgarishlar bо‘ladimi?

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiyasini avtomatlashirish markazi” filiali direktor о‘rinbosari Diyorbek Nishonov “Yangi О‘zbekiston” gazetasi muxbiri savollariga javob qaytardi.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ томонидан янги “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31 iyul soat 23:50dan 5 avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

ELEKTR JIHOZLARDAN FOYDALANISH BO’YICHA AYRIM MASLAHATLAR

Sinoptiklar ma’lumotiga kо‘ra joriy yilning 25-29 iyul kunlari О‘zbekiston bо‘yicha juda issiq ob-havo bо‘lishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda sovitish tizimlari va maishiy jihozlari qо‘l kelib, jaziramani osonroq о‘tkazishimizga yordam beradi, albatta.

Shu о‘rinda, elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib о‘tmoqchimiz.

Batafsil

Muhofaza zonalarida yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harakatni sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud

2024-yil 18-iyul kuni soat 17:06 da “Sirdaryo IES” va “Toshkent-500” podstansiyasida differensial fazali himoyasidan muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulash bilan “L-502” elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan va soat 18:00 da ushbu avariya bartaraf etilgan.

Havo tarmogʻi koʻrikdan oʻtkazilganda, Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidan oʻtuvchi tarmoqning 165-166-tayanchlari oraligʻida begona shaxslar tomonidan qurigan somon qoldiqlari yoqib yuborilganligi aniqlandi.

Dastlabki oʻrganishlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori talablarining qoʻpol ravishda buzilishi mazkur oʻchishga sabab boʻlganligini koʻrsatdi.

Hurmatli isteʼmolchilar, ushbu qarorga muvofiq, 110, 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida ekologik zarar hamda yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harakatni sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud.

Eslatib oʻtamiz, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish hamda yoqilgʻi-moylash materiallarini tashlash va quyish, axlatxonalarni joylashtirish, shuningdek, koʻplab odamlar yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday tadbirlarni oʻtkazish hamda har qanday obyektni, predmetni joylashtirish taqiqlanadi.

QORAKO’L TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O’TKAZILDI

Ayni kunlarda hududlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ishchi guruh tomonidan hududlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari va “Buxoro HETK” AJning mas’ul xodimlarining navbatdagi manzili Qorako’l tumani “Paxtakor” mahallasi va “Real teks” MCHJ to’qimachilik korxonasi bo’ldi. Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig’ini aholisi va MCHJ xodimlariga tushuntirishlar hamda elektr energiyasini tejashga oid bir qancha tavsiyalar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati