KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA.

Joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan elektr energetikasi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishda xizmat vakolatlarini suiste’mol qilmaslik va shaffoflikni ta’minlash borasida joylarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Batafsil 

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Deycha” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To’xtayev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi o’rinbosari H. Beshimovlar boshchiligida tashki etilgan hisobot-saylov konferensiya ishida jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 47 nafar delegat ishtirok etdi.

“Buxoro HETK” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Jamshid  Ro’ziyev saylandi.

Batafsil

«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

Ma’rifat_soati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda Zulfiyaxonim hayoti va ijodini keng targ’ib qilish uchun “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda Zulfiyaxonimga bag’ishlab tayyorlangan maxsus videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, ma’rifat soatining uzviy davomi sifatida yoshlarni komil va yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida jamiyat xodimlari o’rtasida fikrlar almashildi.

«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ ishchi-xodimlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlaydi.

Bu toʼgʼrisida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ rahbariyati hamda “O‘zsanoatqurilishbank” mutasaddilari oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuvda kelishib olindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan oʼtkazilgan uchrashuvda bank tomonidan Jamiyat ishchi-xodimlari uchun ipoteka, avtomobil, isteʼmol va boshqa kreditlarni imtiyozli foizlarda olish boʼyicha taqdimot boʼlib oʼtdi.

Batavsil

Hududlarda aholi bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Qorako’l tumani “Xo’jalar” mahalla fuqarolar yig’ini aholisi bilan korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishga va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

 

Xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

“Buxoro HETK” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati xizmati mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, xodimlar o’rtasida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi ta’kidlanib, joriy yilning o’tgan davri mobaynida tizimda sodir bo’lgan holatlar haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasizlik tuyg’usini shakllantirish, o’z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi ta’kidlandi.