EHNAT (ASKUE) bo'yicha Kogon shahrida o'tkazilgan o'quv seminari to'g'risida

2019 yil 4 iyun kuni Kogon shahar hokimligi binosida Kogon shahar va Kogon tumanida EHNAT (ASKUE) tizimini o‘rnatish ishlari boshlanganligi sababli, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan  Kogon shahar hokimiyati, Kogon shahar va tuman faollari uchun o‘quv seminari o‘tkazdilar.

O‘quv seminarni boshlab bergan Kogon shahar hokimi H.I.Hoshimov EHNAT (ASKUE) tizimining afzalliklari va foydali taraflari to‘g‘risida gapirib, Kogon shahar va tuman hududidagi elektr energiya iste’molchilariga tez fursatda ushbu tizim elektron elektr hisoblagichlari o‘rnatilishini aytib o‘tdilar.

So‘zga chiqqan “Buxoro HETK” AJ Moliya iqtisod va energiya sotish bo‘yicha direktori I.R.Aslonov tizim haqida, o‘rnatish tartiblari, muddatlari to‘g‘risida gapirib, iste’molchiga o‘rnatiladigan elektr hisoblagichlar haqida ma’lumot berdilar.

Shundan keyin «KT Corporation» kompaniyasining  Buxoro viloyati bo‘yicha menedjeri janob Xak Su Kim tomonidan tadbiq etiladigan EHNAT (ASKUE) tizimi to‘g‘risidagi  taqdimot ko‘rsatildi va tushuntirildi.

O‘quv seminari oxirida zalda yig‘ilgan Kogon shahar va tuman faollarining EHNAT tizimi bo‘yicha qiziqtirgan barcha savollariga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ  rahbariyati, «KT Corporation» kompaniyasi mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.

EHNAT (ASKUE) loyihasini tadbiq etish doirasida amaliy uchrashuv

2019 yil 27 mayda  “Buxoro HETK” AJ ning EHNAT server xonasida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan «KT Corporation» kompaniyasining xalqaro innovatsion loyihalarni joriy qilish bo‘yicha vitse-prezidenti Hwang Wook Un va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ buyurtmasi asosida pudratchi KT Corporation tomonidan amalga oshirilayotgan «Markazlashgan EHNAT tizimi» loyihasi menedjeri Kim Young Suk o’rtasida amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Konstruktiv tarzda o’tgan uchrashuvda tomonlar EHNAT (ASKUE)  loyihasini tadbiq etish bo’yicha Buxoro shahri va G’ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlarni va  kelgusida  ushbu loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalarni muhokama qilib oldilar.

"Eng faol yosh ishchi kasb egasi" ko'rik tanlovi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Qo‘shma qaroriga muvofiq, 2019 yilning 30 aprel kuni “Buxoro HETK” AJ kichik majlislar zalida “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi doirasida “Elektromontyor” nominatsiyasi bo‘yicha 25 yoshgacha bo‘lgan korxona xodimlari orasida ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda faol qatnashgan 9 ta faol ishtirokchilardan ko‘rik tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra:

1-o‘rin – Izolyatsiya va yuqori kuchlanishdan himoya xizmatgoxi elektromontyori Jahongir Axmedovga;

2-o‘rin – Jondor tuman ETK elektromontyori Mizrobjon Suvonovga;

3-o‘rin – Liniyalar xizmati elektromontyori Navro‘z Ilyasovlarga berildi.

Tanlov sovrindorlari maxsus sovg‘alar  hamda  faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Navro'z sayli

“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida 2019 yilning 20 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayli hamda ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilindi. Tashkil qilingan saylda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ushbu xalq saylida korxona uchun belgilangan maydonchada Navro‘z shukuhini beruvchi bezaklar bilan bezab sayl ishtirokchilarida bahor kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilishdi.

“Ezgulik timsoli, xush kelding Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” va “Navro‘z yallasi” kabi loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan sayllar barchaga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Korxona rahbariyatining, ishchi-xodimlarining xalq bilan birga bir tanu bir jon bo‘lib, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz bo‘y cho‘zgan Navro‘z saylida qadamba-qadam bo‘lishgani yoshu qariga samimiyat ulashdi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (2019)

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati barcha o‘zbekistonliklarni 14 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi.

O‘zbekiston himoyasi uchun hamisha shay bo‘lgan milliy armiyaga, mard va jasur o‘g‘lonlarga mamlakatdagi tinchlikni ta’minlab turishdagi matonati uchun hurmat bildiradi.

Shu munosabat bilan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchanbar qo‘yishdi.

  “Buxoro HETK” AJ

Bo'sh ish o'rinlari uchun mehnat yarmarkasi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da bo’sh ish o’rinlari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 2018 yil 28 iyul kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ““O’zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi” vakant bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda oliy o’quv yurtini tugatgan hamda o’rta-maxsus energetika mutaxassislikka ega bo’lgan yoshlar katnashdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki o’tkazilgan mazkur yarmarkada nomzodlar shu erning o’zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o’tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganlar barcha hujjatlarini takdim etgandan so’ng, ma’lum muddatda ishga qabul qilishganligi to’g’risida ma’lumot beriladi.