Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonalari arafasida yana bir qator energetiklarning mehnati e'tirof etildi.

Mustaqil O‘zbekistonimizning taraqqiy etib, uning iqtisodiy yuksalishida, yurtimizda kechayotgan ulkan islohotlarni teran anglab, munosib ravishda mehnat qilib kelayotgan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIga a’zo davlatlarning elektr energetikasini rivojlanishidagi xizmatlari uchun maxsus tayyorlangan “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni bilan sohada ko‘p yillar xizmat qilgan Qahramon Quvvatov taqdirlandi.
Ushbu mukofot egalarini “Buxoro HETK” AJ jamoasi nomidan muborakbot etamiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati.

“Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta'minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovida Buxoro shahar ETK birinchi o‘rinda!

2021 yil 30 avgust kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ majlislar zalida Prezidentimizning farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, xususan, elektr energetikasi tizimini yanada yuksaltirishda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlarini «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoev tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, o‘ttiz yillik mehnatimiz, sa’y-harakatlarimiz, intilishlarimiz, maqsadlarimiz sari ishonchli odimlarimiz, eng asosiysi, energetika sohasida jadal olib borilayotgan islohotlar, pirovardida aholi farovonligini oshirish, xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida elektr ta’minoti korxonalari o‘rtasida “Shu aziz Vatanga fidodir jonim” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishgan va ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratilgan eng namunali elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasida “Andijon HETK” AJ tarkibidagi Andijon tuman hamda “Buxoro HETK” AJ tarkibidagi Buxoro shahar ETKlar g‘olib deb topildi.

“Eng namunali elektr ta’minoti korxonasi binosi” nominasiyasida “Xorazm HETK” AJ tarkibidagi Bog‘ot tumani va “Farg‘ona HETK” AJ tarkibidagi Dang‘ara ETKlar peshqadam bo‘lishdi.

“Rivojlanish sari dadil odimlayotgan elektr ta’minoti korxonasi” nominasiyasi bo‘yicha “Namangan HETK” AJ tarkibidagi “Markaz” va “Qoraqalpoq HETK” AJ tarkibidagi Mo‘ynoq tuman ETKlar g‘olib sifatida e’tirof etildi.

Sovrindorlarga tegishli pul mukofotlari qayd etilgan sertifikatlar va faxriy yorliqlari topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI" esdalik nishoni muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI» esdalik nishoni bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Hayotov Bahodir Baxronovich, umumiy masalalar bo‘yicha direktor Mahmudov Ibratillo Ne’matiloevich taqdirlandi.

Шунингдек, ушбу эсдалик нишони билан “Бухоро ҲЭТК” АЖ таркибидаги Бухоро шаҳар электр таъминоти корхонаси раҳбари Рўзиев Бахтиёр Жўрақулович, Қоровулбозор туман электр таъминоти корхонаси раҳбари Аслонов Бўстон Рустамовичлар мукофотланди.

Ушбу мукофот эгаларини “Бухоро ҲЭТК” АЖ жамоаси номидан муборакбот этамиз ва ютуқлари бардавом бўлишини тилаб қоламиз.

«Бухоро ҲЭТК» АЖ матбуот хизмати.

“Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov "Kelajak liderlari" klubi a'zoligiga qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joylarda salohiyatli yosh yetakchilar qatlamini shakllantirish maqsadida 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar uchun “Kelajak liderlari” klubini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlov natijalariga ko‘ra “Buxoro HETK” AJ Axborot texnologiyalari bo‘limi muhandisi Ravshanbek Sharifov «Kelajak liderlari» klubi a’zoligiga qabul qilindi.
2021 yil 26 avgustda Buxoro shahridagi „Sahid Zarafshon“ mehmonxonasida “Kelajak liderlari” klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat rahbari Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departamenti mudiri Abduhamid Tamikaev, Oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
«Kelajak liderlari» klubining ochilish marosimida, klubga a’zolik nishonini Ravshanbek Sharifovga Buxoro viloyati hokimi – Botir Zaripov topshirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hashar birdamlikka undaydi.

Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Energetika sohasi vakillari tomonidan bino-inshootlar atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda milliy bayramlarimiz arafasida ko‘chalarni, mahallalarni va yon-atrofni ko‘rkam va ozoda holatga keltirish yaxshi an’anaga aylangan. Bu ezgu odat tufayli atrofimiz o‘zgacha chiroy kasb etadi. O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Axborot texnologiyalari bo’limi xodimlari "Raqamli O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida sertifikatlar olishdi.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, barcha tarmoq va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 11-may kuni «Raqamli iqtisodiyot» va «Elektron hukumat»ni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar hamda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mazkur strategiya doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Axborot texnologiyalari xodimlari Respublika IT-Park qoshidagi IT-CENTER tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan va karantin qoidalariga rioya qilingan holda onlayn tarzda «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va idoralarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga mas’ul bo’lgan rahbar mutaxassislari uchun» umumiy jami 36 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

«Men vaktsina oldim» mavzusida koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi elektr taʼminoti korxonalarida «Men vaktsina oldim» mavzusida koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda. Shu jumladan, Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasining xodimlari oʼzbek-xitoy vaktsinasi bilan emlandi.


Joylarda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlari davom etmoqda.

«Buxoro HETK» АJ matbuot xizmati.

Buxoro viloyatida joriy qilingan АSKUE tizimini nazorat qilish uchun “Buxoro HETK” АJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida mini “Data centr”lar faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Buxoro viloyatida joriy qilingan АSKUE tizimini nazorat qilish uchun “Buxoro HETK” АJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr taʼminoti korxonalarida mini “Data centr”lar faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Аyni kunlarda, АSKUE xodimlarining malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida oʼquv seminarlari oʼtkazilmoqda.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati

Loyihalash guruhi keng va yorugʼ, barcha qulayliklarga ega toʼla taʼmirlangan xonada ish boshladi.

Bugungi kunda “Buxoro HETK” АJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodimga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Darhaqiqat, soʼnggi yillarda boʼlim va xizmatgohlar xonalarini toʼla taʼmirlab, zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlash hamda shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarining maʼmuriy binolarida birma-bir mukammal taʼmirlash ishlari bajarilmoqda va xodimlarning zamonaviy, shinam xonalarda mehnat qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xuddi shunday yangilanishlardan yana biri Loyihalash guruhi uchun ham amalga oshirilib, guruh uchun ajratilgan xona toʼla taʼmirdan chiqarildi. Ushbu xona guruh faoliyati uchun kerakli, yuqori modifikatsiyadagi kompyuter va printer qurilmalari hamda zamonaviy mebellar toʼplami bilan jihozlangan. Shuningdek, kompyuterlarda kerakli dasturiy komplekslar oʼrnatilgan boʼlib, ular internet tarmogʼiga ulangan.

“Biz yaratib berilgan imkoniyat va qulayliklardan xursandmiz, bu bizning kuchimizga kuch, gʼayratimizga gʼayrat qoʼshadi” –deydi guruh rahbari, uzoq yillar davomida sohada xizmat qilib kelayotgan, koʼplab yetuk mutaxassis xodimlar yetishib chiqishida oʼz hissasini qoʼshgan, ustozimiz Rahmon Rayimov.

Аlbatta bu kabi mehnat sharoitlari xodimlarda mamnunlik hissini uygʼotishi bilan birgalikda, oʼz zimmalaridagi vazifalarni masʼuliyat bilan ado etishga undaydi va mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” АJ matbuot xizmati

Buxoro viloyatida aholining elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini toʼliq taʼminlash boʼyicha qanday choralar koʼrilmoqda?

Buxoro viloyatida aholining elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini toʼliq taʼminlash boʼyicha qanday choralar koʼrilmoqda? Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida bajarilayotgan ishlar koʼlami qanday? Elektr energiyasiga talab kuchaygan bugungi issiq ob-havo sharoitida taʼminotda roʼy berayotgan uzilishlarning oldi qanday olinmoqda?
“Buxoro“ telekanali orqali toʼgʼridan toʼgʼri efirga uzatilgan ”Kun mavzusi“ koʼrsatuvida ayni shu haqda soʼz bordi.
Koʼrsatuvda “Buxoro HETK” АJ bosh direktori boshchiligida barcha shahar-tumanlar elektr taʼminoti korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.
«Buxoro HETK» АJ matbuot xizmati.