Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Mazkur musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Sir emaski bunday tadbirlarning o’tkazilishi jamiyatdagi ayollar kayfiyatining ko’tarinki bo’lishi, ularning ma’naviy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tadbirlarning tez-tez tashkil etilishishi esa foydadan xoli bo’lmaydi albatta.
Musobaqa yakunida g’oliblar munosib taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!

Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.Xonadonlarimizni, goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati hamda Yuridik bo’lim boshliqlari tomonidan jamiyat tarkibidagi Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi . Joylarda o’tkazilayotgan keng ko’lamli targ’ibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korrupsiyaga yo’l qo’yib kelayotgan xodimlarning uchrayotganligi, bunday holatga yo’l qo’yganlarga nisbatan jazo muqarrarligi bo’yicha tushintirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning birdek vazifamiz ekanligi hamda korrupsiya soha rivojiga to’siq bo’lishligi alohida ta’kidlandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayns nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Vobkent hamda Jondor tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan joylarda uchrashuvlar o’tkazildi hamda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha batafsil tushintirishlar berildi.

Shuningdek, har haftaning dushanba kuni tuman elektr ta’minoti korxonalarida “Korrupsiyani oldini olish hamda unga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat soatlarini o’tkazish bo’yicha kelishib olindi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda

Elektr energetikasi sohasi vakillari barcha turdagi iste’molchilarga mustahkam hamda ishonchli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida tun-u kun, yozning jaziramasi-yu qishning qahratonida ham xalq xizmatidagi insonlardir. Aholiga elektr energiyasini yetkazib berish va har qanday muammoning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tizim vakillari duch kelishi mumkin bo’lgan noxush holatlarning oldini olish, ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida joylarda o’quv-amaliy mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Batafsil «Buxoro» telekanali orqali efirga uzatilgan «Maxsus reportaj» dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videorolikni ko’rish

«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko’rgazmali seminar tashki etildi.

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari, Buxoro viloyati hokimligi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, O’zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy bo’limi bilan hamkorlikda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko’rgazmali seminar tashki etildi.

Tadbirda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, mamlakatimizda yashil energetika yo’nalishini taraqqiy toptirish, bu borada davlat tomonidan aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

Videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jondor tumani elektr ta'minoti korxonasida o'quv-amaliy mashg'uloti o'tkazildi.

Joriy yil 15-iyundan 15-iyulgacha “Xavfsizlik texnikasi” ko‘rik oyligi o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Jondor tumani elektr ta’minoti korxonasida o’quv-amaliy mashg’uloti o’tkazildi.
Tadbirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari o’quv-amaliy mashg’ulotini o’tkazish dasturi bo’yicha o’zlarininig kasb mahoratlari, bilim va ko’nikmalarini namoyon qildilar.

Shuningdek, tadbirda eng yaxshi elektr ta’minoti korxonasi, eng faol ETK bosh muhandisi, eng yaxshi ustachilik bo’limi elektromontyori, eng yaxshi tezkor navbatchilik dispetcheri, eng yaxshi insho muallifi nominatsiyalari bo’yicha munosiblar aniqlanib, korxonaning pul mukofotlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
«Buxoro HETK» AJ Matbuot xizmati

Elektr energetikasi sohasida 42 yil mehnat qilgan, 97 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi.

9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbari hamda jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1925 yilda tavallud topgan Qarshiyev Norboy boboning fayzli xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar.

Jamiyat rahbari Bahodir Hayotov Norboy boboni yanqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan qizg’in tabriklab, samimiy suhbat qurdi. Nuroniy otaxon 42 yil davomida viloyat elektr energetikasi sohasida ishlagan vaqtlarini juda ko‘tarinki ruhda esga oldi.

Uchrashuv yakunida Norboy boboga mustakam sog‘lik, kuch-quvvat, uzoq va mazmunli umr tilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Umumxalq xayriya hashari bugun barchamizni birdamlik va ahillikka birlashtirdi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida mahallalar va xonadonlar ozodaligiga hissa qо‘shish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qо‘llab-quvvatlash maqsadida respublikamiz bо‘ylab “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida о‘tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi hamda uning tarkibidagi barcha bo’lim va xizmatgohlar, tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ham faol qatnashmoqda.

Hasharda katta-yu kichik birlashib, bino-inshootlar atroflarini obodonlashtirish, daraxtlar ostini yumshatish va oqlash kabi ishlarni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati